locale OZ

«Guliston» Behruz Abdullayev transferini e’lon qildi

Iqtidorli hujumchi «Metallurg» yoshlari va «Olimpik-MobiUz»da o‘ynagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Guliston» Behruz Abdullayev transferini e’lon qildi
Фото: Гулистон ПФК

Yangi yilda yangi maqsadlarni ko‘zlayotgan «Guliston» jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

«Guliston» PFK 2026 yilgi mavsum oldidan Behruz Abdullayev bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi.

Iqtidorli hujumchi «Metallurg» yoshlari va «Olimpik-MobiUz»da o‘ynagan. Bekobod klubi safida 2023-yilda U-21 turnirida 22 ta gol urib, chempionat to‘purari bo‘lgan. O‘zbekiston U-21 jamoasi bilan 2024-yilda CAFA musobaqasida 3-o'rinni egallagan va 2 ta gol urgan.

Behruz Abdullayevning futbolchilik faoliyati:
Tug‘ilgan sanasi: 31.07.2005
Ampluasi: Hujumchi.
O‘ynagan jamoalari: «Metallurg» (2023-2024), «Olimpik-MobiUz» (2025).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting