«Guliston» Azamat Ahmedov bilan xayrlashdi
Azamat birinchi davradagi bahslarida bitta o‘yinda maydonga tushdi.
Фото: Гулистон ПФК
“Guliston” PFK o‘tgan yarim yillikdan keyin tarkibni transformatsiya qilish jarayonini davom ettirmoqda.
Klub matbuot xizmati xabar tarqatishicha, yuzaga kelgan tanaffus va mavsumning ikkinchi qismi oldidan “Guliston” jamoasi tajribali darvozabon Azamat Ahmedov bilan kelishuvni o‘zaro to‘xtatganini ma'lum qiladi va futbolchi bilan do‘stona xayrlashgan.
Azamat birinchi davradagi bahslarida bitta o‘yinda maydonga tushdi va 67 daqiqa davomida jamoa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
“Klub rahbariyati yarim yillik faoliyati uchun Ahmedovga minnatdorchilik bildiradi va uning keyingi faoliyatiga omad hamda zafarlar tilab qoladi”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist