locale OZ

«Guliston» 29-iyundan mashg‘ulotlarga qaytadi

AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan jahon chempionati munosabati bilan Birinchi liga jamoalari ham yozgi ta’tilga yo‘l olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Guliston» 29-iyundan mashg‘ulotlarga qaytadi
photo: Guliston FK

AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan jahon chempionati munosabati bilan Birinchi liga jamoalari ham yozgi ta’tilga yo‘l olgandi.

«Guliston» jamoasi ham «Jizzax FA»ga qarshi bahsdan keyin futbolchilarga qisqa muddatli dam berishga qaror qilgandi. Endilikda jamoamiz 29-iyundan yana mashg‘ulotlarga qaytadi. Bizni oldida Birinchi liga va O‘zbekiston kubogidagi o‘yinlar kutmoqda.

Yozgi yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini tiklash va mavsumning qolgan qismiga yaxshilashga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, «Bunyodkor», «Metallurg», «Kattaqo‘rg‘on» va «Gʻazalkent» jamoalari bilan nazorat o‘yinlari tashkil etiladi. Bu o‘yinlarning sanalarini keyinchalik batafsil ma’lumot beramiz.

Shuningdek, seleksiya ishlari ham davom ettiriladi. Yig‘inga bir qator tajribali va yosh o‘yinchilar ham taklif etiladi hamda tarkib shakllantiriladi. Bu borada klub rahbariyati va murabbiylar shtabi faol tarzda shug‘ullanmoqda»,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting