locale OZ

Gukesh va Sindarov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsi Jenevada o‘tkaziladi

Jahon chempionligi bahsi 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gukesh va Sindarov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsi Jenevada o‘tkaziladi
Foto: Getty Images

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2026-yilgi jahon chempionligi bahsi Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi. Amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju va da’vogar, o‘zbekistonlik Javohir Sindarov 25-noyabrdan 15-dekabrgacha chempionlik uchun bahs olib boradi.

Mazkur to‘qnashuv shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempionligi bahsi sifatida qayd etiladi. Uchrashuv boshlanishiga kelib har ikki grossmeyster ham 20 yoshda bo‘ladi. Sindarov ushbu imkoniyatni 2026-yilgi Nomzodlar turnirida g‘olib chiqish orqali qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Gukesh amaldagi jahon chempioni sifatida o‘z unvonini himoya qiladi.

Jahon chempionligi bahsi 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Tomonlardan biri 7,5 ochkoni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritsa, g‘olib deb e’lon qilinadi. Agar 14 ta partiyadan so‘ng hisob teng bo‘lsa, chempion tay-brek bahslari orqali aniqlanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting