locale OZ

Guillermo Ochoa JCH-2026 dan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi

Ochoa o‘z faoliyati davomida milliy jamoa safida jami 153 ta o‘yin o‘tkazgan.
Guillermo Ochoa JCH-2026 dan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi
ФОТО: Getty images

Meksika terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Guillermo Ochoa 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini tasdiqladi. Bungacha hech bir futbolchi turnirning oltita musobaqasida ishtirok etmagan. Ochoa o‘z faoliyati davomida milliy jamoa safida jami 153 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 63 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

«Milliy jamoaga kelsak, bu 100 foiz aniq. Hozir to‘xtash uchun eng qulay vaqt, chunki mening ismim allaqachon Lionel Messi va Cristiano Ronaldo kabi aql bovar qilmaydigan futbolchilar ro‘yxatida... Klub futboliga kelsak, bu haqda o‘ylab ko‘rishim kerak.

Buni hech kim bilmaydi, chunki bu televizorda ko‘rsatilmaydi, lekin men bu Jahon chempionatida o‘ynash uchun oxirgi uch-to‘rt yil ichida ko‘p narsani qurbon qildim. Men Italiya, Portugaliya va Kiprda butunlay yolg‘iz edim. Madridda qolgan men va oilam uchun ham oson bo‘lmadi. Futboldagi shuncha yildan so‘ng fikrlarimni tartibga solish uchun menga ikki-uch yil kerak.

Futbol shunaqa. Qatardan so‘ng men sportdan ketishga tayyorgarlik ko‘ra boshladim, shu sabab bu men uchun kutilmagan holat bo‘lmaydi. Bu oson bo‘lmaydi, lekin men o‘zimni yaxshi bilaman va hech kim meni ishlashga majbur qila olmaydi. Menda bu erkinlik bor, lekin baribir bir umr futbol o‘ynay olmaganimgan afsusdaman», – deya Ochoaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi L'Équipe.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting