locale OZ

Guardiola: «Oddiy vaziyatlardan foydalana olmadik»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Guardiola: «Oddiy vaziyatlardan foydalana olmadik»
Фото: Getty Images

“Manchester City” bosh murabbiyi Xosep Guardiola Angliya Premyer-ligasining 2-turida “Tottenhem”ga (0:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Tottenhem”ga qarshi o‘yinda xuddi “Brentford” bilan bo‘lgandek ko‘plab pressinglar uyushtirdik. Nazarimda, biz boshqacha o‘ynashimiz kerak edi. Oddiy vaziyatlardan foydalana olmadik.

Bu futbol, bunday holatlar bo‘lib turadi. Bu hali mavsumning ikkinchi o‘yini, hali oldinda ko‘plab uchrashuvlar kutib turibdi.

Men jamoamga ishonaman. Qaysi yo‘nalishda ketayotganimizni bilaman. Yaxshi tomonlarimiz ko‘p, lekin yanada yaxshilash kerak bo‘lgan jihatlarimiz ham bor. Asta-sekin ularni ham to‘g‘rilaymiz”, – deya Guardiolaning so‘zlaridan keltiradi BBC.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting