Guardiola mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etadi
Bu haqda “shaharliklar”ning rasmiy sayti xabar berdi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Guardiola joriy mavsum yakunidan so‘ng klubni tark etadi. Bu haqda “shaharliklar”ning rasmiy sayti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2016 yil iyul oyida jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan kataloniyalik mutaxassis 10 yillik faoliyati davomida klub tarixida ulkan iz qoldirdi. U “Manchester Siti” bilan birga 20 ta yirik sovrinni qo‘lga kiritib, klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylandi.
Shu bilan birga, Guardiola bosh murabbiylik lavozimini tark etsa-da, Siti Football Group bilan hamkorlikni davom ettiradi. U global elchi sifatida faoliyat yuritib, guruhga qarashli klublarga texnik maslahatlar beradi va turli loyihalarda ishtirok etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist