Guardiola Husаnov haqida: «Ishonchim komilki, u «Siti»da uzoq yillar davomida yuqori saviyada o‘ynaydi»
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Guardiola himoyachi Abduqodir Husаnov haqida iliq fikrlarni bildirdi.
“Ommaviy axborot vositalarida Husonovni qanday maqtashayotganini o‘qidim. Ular mutlaqo haq. Abduqodir — juda yuqori saviyadagi futbolchi. Aytmoqchimanki, bu gapimga hech kim e’tiroz bildirmasa kerak. Oxirgi o‘yinda ham, undan oldingi bahsda ham Husonov a’lo darajada harakat qildi. Biz bundan juda ham mamnunmiz.
Husаnov “Arsenal”ga qarshi o‘yindan keyin bir oy davomida maydonga tushmadi. Ammo uning mashg‘ulotlardagi va kiyinish xonasidagi harakatlari meni hayratga soldi. Aynan mana shu jihatlar Husonovning qanday futbolchi ekanini ko‘rsatadi. Menimcha, bunga uning ota-onasi bergan tarbiyasi hamda O‘zbekistonda olgan saboqlari sabab bo‘lgan.
U Fransiyadagi qisqa faoliyatidan so‘ng darhol “Manchester Siti”ga, Angliya Premyer-Ligasiga keldi. Bunday keskin o‘zgarish oson emas. Shunga qaramay, u o‘rganishdan cho‘chimadi va jamoaga tezda moslashdi. Uning jismoniy holati ham juda yuqori darajada. Ishonchim komilki, ko‘p yillar davomida “Manchester Siti” yuqori saviyadagi markaziy himoyachi o‘ynaydi. U kelajakda qanday futbolchiga aylanishi esa faqat o‘ziga bog‘liq, boshqa hech narsaga emas”, - deydi Guardiola.