locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Guardiola: De Bruyne juda zo'r futbolchi. Bu yillar davomida unsiz ish tugatib bo'lmasdi

Futbol 03 may 2025 da 03:51
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Guardiola: De Bruyne juda zo'r futbolchi. Bu yillar davomida unsiz ish tugatib bo'lmasdi
Guardiola: De Bruyne juda zo'r futbolchi. Bu yillar davomida unsiz ish tugatib bo'lmasdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Guardiola Angliya Premyer-ligasining 35-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda Kevin de Bruyne urgan g‘alabali gol haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 1:0 hisobida "shaharliklar" foydasiga yakunlandi.

— Kevin yana bir muhim gol urdi. Uning uchun faqat yaxshilik tilayman. Jamoa bu yillar davomida unsiz harakat qilishi imkonsiz edi. De Bruyne juda zo'r futbolchi, — dedi ispaniyalik mutaxassis Sky Sports nashriga.

Bu gol De Bruyne uchun joriy mavsumda APLdagi 5-goli bo‘ldi. Shuningdek, u 20 ta uchrashuvda 9 ta golli pas bergan — birinchi yarmini jarohat tufayli o‘tkazib yuborganiga qaramay. Umumiy hisobda belgiyaalik yarimhimoyachi "Siti" safida 372 ta o‘yin o‘tkazib, 101 ta gol urgan va 171 ta assist qilgan.

"Vulverxempton" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba "Manchester Siti" uchun Premyer-ligada ketma-ket beshinchi g‘alaba bo‘ldi. Jamoa 64 ochko to‘plab, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting