locale OZ

Grizmann La Ligada 200 ta gol urgan tarixdagi 11-futbolchiga aylandi

Fransiyalik hujumchi «Sevilya»ga qarshi bahsda oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grizmann La Ligada 200 ta gol urgan tarixdagi 11-futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
01.11.2025, Yak.
Atletico Madrid
3
Sevilya
0

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann «Atletiko» safida «Sevilya» darvozasiga kiritgan gol (3:0) bilan La Liga tarixidagi 200 ta gol urgan 11-futbolchiga aylandi. Bu haqda Ispaniya chempionati matbuot xizmati xabar bermoqda.

34 yoshli forvard bu marraga yetish uchun La Ligada 541 ta oʻyin sarfladi:

«Real Sosedad» safida — 141 ta oʻyin,

«Barselona» safida — 74 ta oʻyin,

«Atletiko» safida — 326 ta oʻyin.

Shu tariqa, Grizmann La Liga tarixida 200 va undan koʻproq gol urgan futbolchilar roʻyxatida Lionel Messi (474), Krishtianu Ronaldu (311), Telmo Sarra (254), Karim Benzema (238), Ugo Sanches (234), Raul (228), Alfredo Di Stefano (227), Sesap Rodriges (221), Kini (219) va Pahinyodan (213) keyingi oʻrindan joy oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting