locale OZ

Grizmann jarohati sabab «Malyorka»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Ushbu bahs 25 yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grizmann jarohati sabab «Malyorka»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» jamoasi La Liganing 21-turida «Malyorka»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda, biroq hujumchi Antuan Grizmann ushbu o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Grizmann tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va unda chap son mushaklarida yengil cho‘zilish aniqlangan. Jarohat juma kuni, 23 yanvar kungi mashg‘ulot vaqtida yuzaga kelgan. Futbolchining musobaqalarga qaytish muddati tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.

Yakshanba kuni, 25 yanvar sanasida «Atletiko» La Liganing 21-turi doirasida «Malyorka» bilan bahs olib boradi. Ayni paytda jamoa 20 turdan so‘ng 41 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona»dan ortda qolish sakkiz ochkoni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting