Grizmann faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin – manba
Futbolchi bir necha jamoalar vakillari bilan muzokara o'tkazmoqda.
ФОТО: Getty images
“Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmann yaqin kunlarda MLS vakili “Orlando Siti” safiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar qizg'in davom etmoqda va so'nggi kunlarda sezilarli siljish kuzatilgan.
“Orlando Siti” klubi sport direktori Rikardo Moreyraning Madridga tashrifidan so'ng transfer bo'yicha jarayon yanada faollashgan va klub Grizmannni yaqin haftalarda AQShga olib kelishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda 34 yoshli fransiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Griezmannning “Atletiko Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist