locale OZ

Grizmann faoliyatini MLSda davom ettirishga yaqin turibdi — Romano

Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grizmann faoliyatini MLSda davom ettirishga yaqin turibdi — Romano
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann yaqin kunlarda AQShning «Orlando Siti» jamoasiga o‘tishi mumkin. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy pallaga kirgan va so‘nggi kunlarda sezilarli darajada siljish kuzatilgan.

«Orlando Siti» sport direktori Rikardo Moreyra ushbu transferni tezroq yakunlash uchun shaxsan Madridga tashrif buyurgan. Amerika klubi 34 yoshli fransiyalik yulduzni yaqin haftalar ichida o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilgan.

Maʼlumot uchun, Antuan Grizmann «Atletiko»da 210 ta gol bilan klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting