Grizmann «Atletiko»ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadlari haqida gapirdi
«Matraschilar» hozirda La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
FOTO: Getty Images
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann jamoa oldidagi maqsad bu mavsumda trebl — La Liga, Ispaniya Kubogi va UEFA Chempionlar ligasini qo‘lga kiritish ekanini aytdi.
«Maqsad? Chempionlik, Chempionlar ligasi va Kubokni yutish. Oldinda hali juda ko‘p ish bor, men esa muxlislarimiz va jamoadoshlarimni xursand qilishni davom ettirmoqchiman», — deya Grizmannning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Bugungi kunga kelib, «Atletiko» La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Real»dan 6 ochko ortda qolmoqda.
Chempionlar ligasining umumiy bosqich jadvalida esa «matraschilar» to‘rtta o‘yin yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘argan holda 17-o‘rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist