locale OZ

Grizman to'rtinchi bor ota bo'ldi, lekin...

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grizman to'rtinchi bor ota bo'ldi, lekin...
FOTO: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizman to'rtinchi bor ota bo'ldi. Bu haqda futbolchining o'zi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

15-iyunda Grizmanning Shay ismli qizi dunyoga keldi. Bu uning oilasida 8-aprelda tug'ilmagan birinchi farzandi bo'ldi.

Qizig'i shundaki, futbolchining uchta farzandi: Mia (2016), Amaro (2019) va Alba (2021) 8-aprel sanasida dunyoga kelgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab o'ziga xos memlarga ham sabab bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, Grizman o'tgan mavsum La Ligada 38 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Atletiko” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting