Grinvud yozda Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
“Marsel” vingeri Meyson Grinvud mavsum yakunida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi Saudiya Proligasi klublarining asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan.
“Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisi 2024 yilda 26 million yevro evaziga “Marsel”ga o‘tgandi. Ushbu mavsum u klub safida barcha musobaqalarda 36 ta bahsda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Grinvudning “Marsel” bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist