locale OZ

Grinvud faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin

Shuningdek, 24 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni Ispaniya va Angliya klublari ham kuzatib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grinvud faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

24 yoshli «Marsel» va Angliya terma jamoasi vingeri Meyson Grinvud joriy mavsum yakunlangach, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, futbolchi jahon futbol yulduzlarini o‘z safiga qo‘shib olishga intilayotgan Saudiya Pro-ligasi klublari uchun asosiy maqsadga aylangan.

Liga rahbariyati Grinvudni o‘z jamoalariga jalb qilish uchun katta mablag‘ ajratishga tayyor. Futbolchiga qiziqish bildirayotgan aniq bir klub nomi hozircha ochiqlanmagan. Grinvud atrofidagi vaziyatni Ispaniya va Angliyaning yetakchi klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

«Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi 2024 yilda 26 million yevro evaziga «Marsel» bilan shartnoma imzolagan edi. Ushbu mavsumda u klub safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Grinvudning «Marsel» bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi, uning transfer narxi esa Transfermarkt portali tomonidan 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting