locale OZ

Grinvud «Barselona»ga o'tishi mumkin

24 yoshli vinger 2024 yil yozida Fransiya jamoasiga qo'shilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grinvud «Barselona»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Marsel” vingeri Meyson Grinvud La Ligaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqida TeamTALK xabar berdi.

Manbaga ko'ra, unga “Barselona” qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Grinvudga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Futbolchining o'zi ham top klublardan biriga o'tishga qarshi emas. Kataloniyaga ko'chib o'tishni istamoqda va agentlariga muzokaralar olib borish topshirig'ini bergan.

24 yoshli vinger 2024 yil yozida Fransiya jamoasiga qo'shilgan. Meysonning “Marsel” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting