locale OZ

Grimaldo “Oltin to‘p” uchun Lamin Yamalni tanladi

U, shuningdek, Fabian Ruis ham mukofotga munosib futbolchilardan biri ekanini ta’kidlagan.
Grimaldo “Oltin to‘p” uchun Lamin Yamalni tanladi
Foto: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Aleks Grimaldo 2026-yilgi “Oltin to‘p” sovrini ispaniyalik futbolchiga nasib etishi kerak, deb hisoblaydi. Futbolchi bu borada o‘z tanlovini ham ma’lum qilib, Lamin Yamalga ovoz berishini aytdi. Bu haqda u EFE agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Grimaldoning fikricha, sovrin uchun asosiy ispaniyalik nomzodlar Rodri va Lamin Yamal hisoblanadi. U, shuningdek, Fabian Ruis ham mukofotga munosib futbolchilardan biri ekanini ta’kidlagan. Biroq shaxsiy tanlov masalasida Grimaldo Lamin Yamalni afzal ko‘rishini bildirgan.

Himoyachi Ispaniyaning JCh-2026dagi muvaffaqiyatidan so‘ng “Oltin to‘p” uchun kurashda terma jamoa futbolchilari ham asosiy da’vogarlar qatorida bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Rodri va Lamin Yamal turnir davomida Luis de la Fuente jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun 30 nafar futbolchi nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Ular orasida ispaniyalik Lamin Yamal, Rodri, Pau Kubarsi va Mark Kukurelya ham bor. Mukofot g‘olibi 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan marosimda e’lon qilinadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting