locale OZ

Grimaldo «Barselona»ga qaytishi mumkin

Futbolchining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grimaldo "Barselona"ga qaytishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Bayer" klubi futbolchisi Alejandro Grimaldo "Barselona"ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Alfredo Martinez xabar berdi.

Manbada aytilishicha, "ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku chap qanot himoyasini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.

30 yoshli ispaniyalik futbolchi esa asosiy variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda.

"Dorishunoslar" vakilining shartnomasida 20 million yevrolik tovon puli ko'rsatilgan.

Ma'lumot uchun, Alejandro faoliyati boshida "Barselona"ning ikkinchi jamoasida to'p tepgan, ammo asosiy tarkibda maydonga tushmagan. Futbolchining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting