locale OZ

Grilish «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

2025/2026 yilgi mavsumni Jack ijarada «Everton» safida o'tkazgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grilish «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilish yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Tribal Football nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ingliz futbolchisining mavsumoldi yig'ini uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmagani uning ketishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirgan. Shu bilan birga, Madridning «Atletiko» klubi Grilishga qiziqish bildirib, uning transferini ko'rib chiqmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumni futbolchi ijarada «Everton» safida o'tkazgan edi. «Siti»ning yangi bosh murabbiyi Enzo Mareska Grilishning kelajagi haqida izoh berishdan tiyildi. Ayni paytda futbolchining klub bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi.

Xabar qilinishicha, «Atletico» uni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Biroq moliyaviy shartlar transferga asosiy to'siq bo'lishi mumkin. Chunki Grilish «Manchester Siti»da haftasiga taxminan 350 ming yevro maosh oladi va madridlilar bunday maosh to'lashni rejalashtirmayapti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting