locale OZ

Grilish kelajagi borasida bir qarorga kelgan

Shuningdek, unga «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda.
Grilish kelajagi borasida bir qarorga kelgan
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» vingeri Jek Grilish faoliyatini «Everton»da davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchi ushbu mavsumni ijara asosida o'tkazayotgan «Everton»ga kelasi yozda doimiy ravishda qo'shilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, unga «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Grilish ushbu mavsumda «Everton» safida APLning 2 ta bahsida maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Futbolchi mavsum davomida «irislar» rahbariyati va murabbiylar shtabini jamoada qolishga munosib ekaniga ishontirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Grilishning «Manchester Siti» bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shu sababli u yozda erkin agentga aylanishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting