locale OZ

Grigoriy Kolosovskiy: \"Raqiblar darvozamiz yonida birorta xavfli vaziyatga ega bo‘lishmadi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grigoriy Kolosovskiy: "Raqiblar darvozamiz yonida birorta xavfli vaziyatga ega bo‘lishmadi"
PHOTO: Telegram

Proliganing 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Olympic" (2:0) uchrashuvidan keyin “Lokomotiv” ustozi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Maydonning har bir qarichida kurash jiddiy kechdi, albatta, urilgan golgacha. Katta hududiy ustunlikka ega bo‘ldik. Yana har doimgidek yaratgan vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Birinchi davradagi o‘yinni inobatga olsak, bu bahsni prinsipial desak bo‘lardi.

Uchrashuvga yaxshi tayyorlandik. Raqiblar darvozamiz yonida birorta xavfli vaziyatga ega bo‘lishmadi. Biz esa yaratayotgan vaziyatlarimizdan foydalanishni bilishimiz kerak. Albatta, jamoamizga savollarim bor. Urilgan ikkinchi goldan keyin tashabbusni raqiblarga berib qo‘ydik.

Aslida biz bosimni davom ettirib, uchinchi, to‘rtinchi gollarni ham urishimiz kerak edi. Biroq biz tashabbusni to‘liqligicha raqiblarga berib qo‘ydik va individual futbolga o‘tib oldik. Paslar orqali xujumga chiqishimiz kerak bo‘lgandi, lekin biz individual sifatlarga tayanib qoldik. Shu sababli raqib yarim maydonida to‘pni juda ko‘p yo‘qotdik”,-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting