locale OZ

Griezmann uchun talabgor jamoalar soni oshdi

Griezmannning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Griezmann uchun talabgor jamoalar soni oshdi
ФОТО: Getty images

“Atletiko” hujumchisi Antuan Griezmann faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, fransiyalik forvard xizmatiga uchta klub jiddiy qiziqmoqda. Bular “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni), “Al-Vahda” (BAA) va “Sharlott” (AQSh) jamoalari nomi aytilmoqda. Ushbu uchala klub ham fransiyalik hujumchiga aniq taklif yuborgan.

Shuningdek, “Inter Mayami”, “Lion”, “Yuventus” va “Galatasaroy” ham futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Griezmannning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Bu mavsum hujumchi “matraschilar” safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 marta assist amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting