Griezmann Saudi chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images
"Atletiko" hujumchisi Antoine Griezmann faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli fransiyalik hujumchiga "Al-Hilol" klubi bosh murabbiyi Simone Inzaghi qiziqish bildirmoqda.
Saudiyaliklar Griezmann transferi uchun "matraschilar"ga taxminan 20 million yevro taklif qilishga tayyor.
Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining narxini 18 million yevro deb baholagan. Griezmannning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist