locale OZ

Griezmann MLS yoʻl olishi mumkin. Unga asosiy daʼvogar klub nomi maʼlum boʻldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Griezmann MLS yoʻl olishi mumkin. Unga asosiy daʼvogar klub nomi maʼlum boʻldi
Photo: Getty Images

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antoine Griezmann faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar berdi.

Qayd etilishicha, fransiyalik 34 yoshli futbolchiga MLS klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, "Los-Anjeles" Griezmann uchun asosiy daʼvogar hisoblanmoqda. Ushbu klubda Griezmannning sobiq jamoadoshlari, darvozabon Hugo Lloris va hujumchi Olivier Giroud ham toʻp surmoqda.

Griezmannning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyining oxirida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali fransuzning bozor narxini 22 million yevroga baholamoqda.

Antoine joriy mavsum La Ligada 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting