Griezmann «Atletiko»ning bu mavsumdagi maqsadlariga to‘xtaldi
Madrid klubi La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
"Atletiko" hujumchisi Antuan Griezmann "matraschilar"ning mavsumning qolgan qismidagi maqsadlari haqida gapirdi.
“O‘zimiz ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Buni amalga oshirish qiyin bo‘lishini tushunamiz, ammo "Atletiko" ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Biz o‘ynashda davom etishimiz, futboldan zavq olishimiz va gollar urishimiz kerak", - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi AS.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan 12 turdan so‘ng Diego Simeone shogirdlari 25 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam "Real" bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil etmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist