locale OZ

Gretsiya terma jamoasi va «Olimpiakos» afsonasi Paraskevas Andzas vafot etdi

U endigina 48 yoshda edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gretsiya terma jamoasi va «Olimpiakos» afsonasi Paraskevas Andzas vafot etdi
FOTO: Getty Images

Gretsiya milliy terma jamoasi va «Olimpiakos» klubining sobiq himoyachisi Paraskevas Andzas 2026 yilning 25 may kuni 48 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. O‘zining professional faoliyatini 1993 yilda «Pandramaikos»da boshlagan Andzas keyinchalik «Ksanti» safida to‘p tepdi va 1998 yilda Gretsiya grandi — «Olimpiakos» safiga ko‘chib o‘tdi.

Afsonaviy klub tarkibida u ko‘p karra mamlakat chempioni bo‘ldi, Gretsiya kubogini qo‘lga kiritdi va UEFA Chempionlar Ligasida muntazam maydonga tushdi.

Faoliyati davomida «Doksa» va yana «Ksanti» klublarida ham o‘ynagan himoyachi 2007 yilda qadrdon jamoasi «Olimpiakos»ga qaytib, o‘zining yorqin o‘yinlarini davom ettirdi. Paraskevas Andzas o‘zining ishonchli harakatlari bilan nafaqat klub miqyosida, balki xalqaro maydonda ham kuchli himoyachilardan biri sifatida nom qozongan edi.

Andzas Gretsiya milliy terma jamoasi safida 1999 yilning 5 fevralida Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. U jamoasining Yevro-2004 saralash bahslarida ishtirok etgan bo‘lsa-da, yakuniy g‘oliblik qo‘lga kiritilgan turnir qaydnomasiga kiritilmagan edi. Keyinchalik tajribali himoyachi Gretsiya bosh jamoasi bilan birgalikda Yevro-2008 final bosqichida bevosita ishtirok etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting