Grem Potter Shvetsiya milliy jamoasini boshqarishga tayyorligini maʼlum qildi
Avvalroq rahbariyat jamoa JCh-2026 yoʻllanmasidan quruq qolgach Jon Dal Tomassonni isteʼfoga chiqargandi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Grem Potter Shvetsiya milliy jamoasini boshqarishga tayyorligini maʼlum qildi.
«Men barcha takliflarga ochiqman, agar yordam bera olsam. Shvetsiya jamoasini boshqarish — bu ajoyib ish. Menga Shvetsiya yoqadi, bu mamlakat va uning futbolini sevaman. Men shved futboliga koʻp narsa qarzdorman. Bu men uchun zoʻr variant boʻlardi», — dedi Potter.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shvetsiyani Jon Dal Tomasson boshqargan, ammo jamoa JCh-2026 yoʻllanmasidan mahrum boʻlgach lavozimidan ozod etilgandi.
Grem Potter esa 2011—2018 yillar davomida Shvetsiyaning «Estersund» klubida faoliyat yuritga va bu jamoa bilan mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist