locale OZ

Gregor Kobel faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gregor Kobel faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Dortmundning “Borussiya” klubi darvozaboni Gregor Kobel faoliyatini APL'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Shvetsariya terma jamoasi darvozaboniga “Chelsi” va “Nyukasl” qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, tez orada tomonlarning vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, Kobel joriy mavsum Bundesligada 28 ta, Chempionlar Ligasida esa 13 ta o'yin o'tkazdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting