locale OZ

Grealish va De Bruyne bir jamoada to‘p surishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grealish va De Bruyne bir jamoada to‘p surishi mumkin
Photo: Getty Images

"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Jek Grealish faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda The Sun.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli ingliz futbolchisi "shaharliklar"ni tark etishga tayyor. Italiya klubi esa unga jiddiy qiziqmoqda.

"Napoli"ga o‘tishi uchun Grealishga maoshini sezilarli darajada kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, unga APL jamoalari ham taklif tayyorlamoqda. Xususan, “Aston Villa” ham sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi.

Transfermarkt portali Jekning narxini 28 million yevro deb baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting