Grealish Turkiya chempionatiga yo‘l olishga tayyor
Photo: Getty Images
"Beşiktaş" "Manchester City" vingeri Jack Grealishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Takvim xabar bermoqda.
Grealish yozgi transfer oynasida "Manchester City"ni tark etishi aniq bo‘lgandi. Uning transfer narxi 28 million yevroni tashkil qiladi.
Futbolchining o‘zi ham Turkiya chempionatiga yo‘l olishga tayyor. Uning agentlari muzokaralarni davom ettirmoqda.
Grealish "Aston Villa"dan "Manchester City"ga 2021 yil yozida ko‘chib o‘tgan. U o‘tgan mavsum APLda 20 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor