Grealish qanday shart bilan «Everton»ga o'tishi ma'lum bo'ldi
Photo: Getty Images
“Manchester City” yarimhimoyachisi Jack Grealish “Everton”ga o'tmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tez orada futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi. Shundan so'ng muammolar aniqlanmasa, shartnoma imzolanadi va bu haqida rasmiy e'lon qilinadi.
“Everton" 29 yoshli Grealishni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. "Irislar" futbolchini kelasi yozda taxminan 50 million funtga (taxminan 58 million yevro) sotib olishlari mumkin.
Angliya chempionatining birinchi turida "Everton" safarda "Leeds"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 18 avgust, dushanba kuni bo'lib o'tadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor