Grealish — «Everton» futbolchisi (Romano)
Photo: Getty Images
“Manchester City” yarimhimoyachisi Jack Grealish faoliyatini “Everton”da davom ettirishi aniq bo‘lib bormoqda.
Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Liverpool klubi 29 yoshli futbolchini ijaraga olish borasida “shaharliklar” bilan kelishuvga erishdi.
Angliyalik futbolchining o‘zi ham “Everton”ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
O‘tgan mavsumda Grealish Angliya Premer-ligasida 20 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 tadan gol va assist yozdirib qo‘ygan.
Grealish faoliyati davomida “Aston Villa” va “Notts County” klublarida ham o‘ynagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist