Grealish AQShga yo‘l olmaydi
Yakuniy qaror e'lon qilingani yo‘q
Photo: Getty Images
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Jek Grealish jamoadan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Grealishni AQShdagi turnirga qo‘shishi dargumon. Ma'lumki, Jek Grealish mavsumni omadsiz o‘tkazdi. Futbolchi 32 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
29 yoshli Grealishning boshqa klubga ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida "Manchester Siti"ning raqiblari "Vidad" (18 iyun), "Al-Ayn" (23 iyun) va "Yuventus" (26 iyun) bo‘ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist