Grealish APLda oy futbolchisi deb topildi
U o‘tgan oyda 3 o‘yinda 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.
ФОТО: Getty images
"Everton" vingeri Jek Grealish Premyer-ligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
30 yoshli angliyalik futbolchi dastlabki 3 turda sheriklariga 4 ta golli pas uzatdi.
Shu tariqa, u faoliyatida ilk marotaba Angliya Premyer-ligasida eng yaxshi futbolchi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Grealish "Everton"ga yozda ijara asosida "Manchester City"dan kelib qo‘shilgandi. U 2024/25 yilgi mavsumda 32 o‘yinda 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist