locale OZ

Granit Jaka — \"Sanderlend\" futbolchisi (Romano)

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Granit Jaka — "Sanderlend" futbolchisi (Romano)
Photo: Getty Images

"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka Angliya Premer-ligasiga qaytmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Shveytsariyalik futbolchi "Sanderlend" bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Klublar kelishuvga erishdi. Leverkuzenliklar 32 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro oladi.

Jaka o'tgan mavsumda Bundesligada 33 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.

Yarim himoyachiga APL begona emas. U 2016-2023 yillar oralig'ida "Arsenal"da o'ynagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting