locale OZ

Granit Jaka qalbaki COVID-sertifikat sotib olganini tan oldi

Futbolchi bu qarorini xato deb atab, jamoatchilikdan uzr so‘radi va tergov bilan hamkorlik qilishini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Granit Jaka qalbaki COVID-sertifikat sotib olganini tan oldi
Foto: Getty Images

“Sanderlend” yarim himoyachisi va Shveysariya terma jamoasi sardori Granit Jaka 2022-yilda COVID-19 vaksinatsiyasini tasdiqlovchi qalbaki sertifikat sotib olganini tan oldi. Futbolchi bu qarorini xato deb atab, jamoatchilikdan uzr so‘radi va tergov bilan hamkorlik qilishini bildirdi. Bu haqda Blick nashri futbolchining bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Jakaning aytishicha, o‘sha paytda vaksina borasida unda jiddiy xavotir bo‘lgan va shu sabab emlanish o‘rniga soxta hujjat sotib olish yo‘lini tanlagan. “Bugun bu noto‘g‘ri qaror bo‘lganini tushunaman. Bu xato edi va bundan afsusdaman”, — deya futbolchining so‘zlari keltirilmoqda.

Lyutsern kantoni prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda. Shveysariya qonunchiligiga ko‘ra, hujjatlarni qalbakilashtirish uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yakuniy jazo ish tafsilotlari va sud qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Jaka ayni paytda Angliyaning “Sanderlend” klubida to‘p tepmoqda. U Shveysariya terma jamoasi sardori hisoblanadi va milliy jamoa safida 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting