locale OZ

Granit Jaka faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin

Shveysariyalik yarimhimoyachi hozirda «Sanderlend» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Granit Jaka faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Yuventus» qishki transfer oynasida «Sanderlend» yarimhimoyachisi Granit Jakani sotib olmoqchi. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turinliklar shveysariyalik yarimhimoyachining sifatlarini juda yuqori baholashmoqda. Klub uning yetakchilik fazilatlari, texnik mahorati, jismoniy tayyorgarligi va taktik bilimini alohida eʼtirof etmoqda.

Qayd etilishicha, Jaka o‘tgan yozdayoq «Yuventus» tarkibiga qo‘shilishi mumkin edi, biroq u Angliya Premer-ligasidagi klubni tanlagan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi «Sanderlend» safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Hozirda «qora mushuklar» APL turnir jadvalida 19 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting