locale OZ

Granit Jaka besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Shveysariya terma jamoasi sardori COVID-19 vaksinatsiya sertifikati bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Granit
Foto: Getty Images

“Sanderlend” yarim himoyachisi va Shveysariya terma jamoasi sardori Granit Jaka soxta COVID-19 vaksinatsiya sertifikati bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda. Lyutsern kantoni prokuraturasi futbolchiga nisbatan jinoiy ish ochilganini tasdiqlagan. Agar hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha ayblov isbotlansa, Jakaga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda Blick nashri xabar bermoqda.

Tergov Jaka pandemiya davrida COVID-19’ga qarshi emlanganini tasdiqlovchi qalbaki hujjat olgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gumonlar bilan bog‘liq. Prokuratura hozircha futbolchining harakatlarida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan holat mavjud yoki yo‘qligini aniqlamoqda. Jaka va ishga aloqador shifokorga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi amal qiladi.

Jaka vakillari futbolchining ikki marta emlanganini tasdiqlovchi tibbiy hujjatlar mavjudligini bildirgan. Shveysariyalik futbolchi tergov organlari bilan to‘liq hamkorlik qilishga tayyorligini ham ma’lum qilgan. Mazkur ish doirasida uning ko‘rsatma berishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Granit Jaka ayni paytda Angliyaning “Sanderlend” klubida to‘p tepmoqda. U faoliyati davomida “Bazel”, Myonxengladbaxning “Borussiya”si, “Arsenal” va “Bayer” klublarida ham o‘ynagan. Joriy 2026/27-yilgi mavsumda yarim himoyachi “Sanderlend” safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting