Goretzka yozda APLga yo‘l olishi mumkin
“Bavariya” yarim himoyachisi Leon Goretzka faoliyatini APLda davom ettirmoqchi.
Bild nashrida keltirilishicha, “Arsenal” qishda futbolchiga taklif bilan chiqqan. Biroq u mavsum yakunigacha Myunxenda qolishga qaror qilgandi.
Yozda esa u klubni tark etadi va erkin agent maqomida Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Futbolchiga "Milan" ham da’vogarlik qilmoqda, italyan klubi uni maydon markazining asosiy kuchaytiruvchisi sifatida ko‘rmoqda. U yerda maosh masalasida ingliz klublari bilan raqobatlashish qiyin bo‘lishini tushunishadi, ammo sport loyihasi va tarkibdagi rol kafolatiga pul tikishga tayyor.
Futbolchining moliyaviy talablari yiliga sof 5 million yevrodan oshadi va bonuslar, bu "Milan" uchun muzokaralarni murakkablashtiradi. Goretzkaga "Arsenal"dan tashqari "Tottenxem" va "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda.