locale OZ

Goretzka Madrid klubiga yo'l olishi mumkin

Futbolchining "Bavariya" bilan bitimi yozda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Goretzka Madrid klubiga yo'l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Atletiko" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretzkani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda AS.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida erkin agent maqomida klubga o'tishi mumkin.

Chunki "Bavariya" Goretzka bilan 2026 yilning iyunida tugaydigan shartnomani uzaytirish niyatida emas.

Shuningdek, futbolchi atrofidagi vaziyatni "Yuventus" va "Napoli" ham kuzatib bormoqda. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Goretzkaning ayni damdagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Ma'lumot uchun, Goretzka 2025/26 yilgi mavsumda "Bavariya" safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakat qilmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting