locale OZ

Goretzka bu yozda «Milan»ga o'tmaydi

Bu haqida TUTTOmercatoWEB xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Goretzka bu yozda «Milan»ga o'tmaydi
ФОТО: Getty images

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretzkaning "Milan"ga ehtimoliy transferi amalga oshmaydi. Bu haqida Tuttomercatoweb xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchi "rossonerilar" bilan aloqada bo'lgan. Biroq klub rahbariyati va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar ushbu transferning amalga oshish ehtimolini deyarli yo'qqa chiqargan.

Shu bilan birga, "Yuventus" ham Goretzkani o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Ammo hozircha turinliklar bu transfer ustida faol ish olib borayotganlari yo'q.

Leon Goretzkaning so'nggi klubi "Bavariya" bo'lib, u 2018 yildan beri Myunxen jamoasi sharafini himoya qilib kelgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting