locale OZ

Goretzka «Aston Villa» bilan kelishuvga erishdi

Futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Goretzka «Aston Villa» bilan kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

Germaniyalik yarim himoyachi Leon Goretzka faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga yaqin.

31 yoshli futbolchi «Aston Villa» bilan transfer bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan. Tomonlar Goretzkaning erkin agent sifatida birmingemliklar safiga qo‘shilishi borasida og‘zaki kelishuvga kelgan.

Goretzka yozda «Bavariya»ni tark etganidan keyin erkin agentga aylangan edi. Endi u Unai Emeri jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng bitim rasmiylashtiriladi.

Goretzka «Bavariya» safida qariyb sakkiz yil o‘tkazib, 7 marta Germaniya chempioni bo‘lgan va 2020 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. U myunxenliklar tarkibida 300 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting