Goretska oʻzini bir nechta klublarga taklif qildi — Romano
«Bavariya» yarimhimoyachisi Leon Goretska vositachilar orqali bir nechta klublarga taklif qilindi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Myunxen klubi rahbariyati jamoaning hozirgi tarkibidan mamnun va yozgacha hech qanday o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmayapti. Shu sababli «Bavariya» yanvar oyida futbolchini qo‘yib yuborishi ehtimoldan yiroq.
Goretska 2018 yildan buyon «Bavariya» safida to‘p surib kelmoqda. Uning faoliyatida Germaniya chempionatidagi olti bor chempionlik, ikki marta mamlakat kubogi, Chempionlar Ligasi — 2019/2020 mavsumi g‘olibligi hamda 2020 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oltin medali mavjud.
Germaniya terma jamoasi bilan u 2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritgan. Joriy mavsum Bundesligasida Goretska 14 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar bilan ajralib turgani yo‘q.