locale OZ

Goretska Flik qoʻl ostida oʻynamoqchi va «Barselona»ga oʻtishga tayyor — manba

Yarimhimoyachining «Bavariya» bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Goretska Flik qoʻl ostida oʻynamoqchi va «Barselona»ga oʻtishga tayyor — manba
FOTO: Getty Images

Yarimhimoyachi Lеon Gorеtska yana Hans-Diter Flik qo‘l ostida o‘ynashni istayotganini ma’lum qildi. Journalisti Reshad Rahmanning xabariga ko‘ra, futbolchi agar «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzolamasa, keyingi mavsumda nemis mutaxassisi qo‘l ostida «Barselona»da o‘ynashga tayyorligini bildirdi.

Goretska «Bavariya» safida 2018 yildan buyon o‘ynamoqda. U faoliyati davomida olti marta Germaniya chempioni bo‘lgan, ikki marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan, 2019/2020 yilgi Chempionlar Ligasi g‘olibi va 2020 yilgi klub jahon chempionatida oltin medal sohibi bo‘lgan. Germaniya terma jamoasi safida u 2017 yilda Konfederatsiyalar Kubogini yutgan.

Joriy mavsumda Bundesliga doirasida Gorеtska 14 o‘yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakat qayd eta olmadi. Futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyunga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting