locale OZ

Gordon va «Bavariya» shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi — talkSPORT

Angliya klubi Gordon uchun taxminan 85 million yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gordon va "Bavariya" shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi — talkSPORT
ФОТО: Getty images

"Bavariya" hujumchisi bo‘lish arafasida turgan Entoni Gordon bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, endi 25 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar "Nyukasl Yunayted" va "Bavariya" o‘rtasida olib boriladi. Kutilishicha, kelishuv yozgi transfer oynasida amalga oshiriladi. Angliya klubi Gordon uchun taxminan 85 million yevro talab qilmoqda.

Gordon 2023 yil yanvaridan beri "Nyukasl Yunayted" safida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 1 iyulgacha mo‘ljallangan bo‘lib, so‘nggi bor 2024 yil oktyabrda uzaytirilgan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Joriy mavsumda hujumchi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting