locale OZ

Gordon: «Oltin to‘p»ni Yamal yoki Keyn olishi kerak»

«Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gordon: «Oltin to‘p»ni Yamal yoki Keyn olishi kerak»
ФОТО: Getty images

«Barselona» hujumchisi Entoni Gordon joriy yilgi «Oltin to‘p» uchun kechayotgan kurash haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, nufuzli sovrin Lamin Yamal yoki Harri Keynga topshirilishi kerak.

«Menimcha, yutuqlar haqida gapiradigan bo‘lsak, sovrin ikki futbolchidan biriga tegishi kerak. Yamalning shuncha yoshda erishgan natijalariga qarang. U aqlbovar qilmas futbolchi. Hozir u mutlaqo boshqa darajada. 19 yoshida qilayotgan ishlari shunchaki aqlga sig‘maydi.

Ammo o‘tgan mavsum haqida gapiradigan bo‘lsak, Keynning ham boshqalarnikidan kam bo‘lmagan dalillari bor. Chunki uning mavsumi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U urgan gollar soni, shuningdek, jahon chempionatida biz uchun qilgan ishlari... Ikkalasining ham o‘z foydasiga jiddiy dalillari bor. Shuning uchun ularning har ikkisiga ham omad tilayman», — deya Gordonning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

«Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting