locale OZ

Gonsalo Garsiya uchun 5 ta klub jiddiy qiziqmoqda

Transfermarkt portali ekspertlari Garsiyani 15 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gonsalo Garsiya uchun 5 ta klub jiddiy qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

Hujumchi Gonsalo Garsiya bu mavsumda kam o'yin o'tkazmoqda. 21 yoshli futbolchi qishda "Real"ni tark etib, oddiy jamoaga o'tishi mumkin. Transfer News Live nashrining Marca nashriga tayanib xabar berishicha, Gonsalo Garsiyaga beshta klub qiziqish bildirmoqda.

Ushbu ro'yxatga Aston Villa, Lids, Brayton, Vulverxempton va Ayntraxt Frankfurt kiradi. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Garsiyani 15 million yevroga baholamoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Garsiya "Real"ning 14 ta uchrashuvida maydonga tushdi va gol ura olmadi. Biroq, joriy yozda klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Gonsalo oltita o'yinda to'rtta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting