locale OZ

Gonsalo Garsiya Rud van Nistelroyning yutugʻini takrorladi

«Real» hujumchisi «Betis»ga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gonsalo Garsiya Rud van Nistelroyning yutugʻini takrorladi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Ispaniya La Ligasining 18-turi doirasida «Betis»ga qarshi bahsda (5:1) xet-trik qayd etib, XXI asrda madridliklar safida juda kam uchraydigan yutuqni takrorladi.

Opta Sport statistik portali xabariga ko‘ra, Gonsalo Garsiya «Real» tarixida XXI asrda La Ligadagi ilk daqiqalarda tushgan debyut o‘yinidayoq xet-trik rasmiylashtirgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bunday natijaga mashhur niderlandiyalik hujumchi Rud van Nistelroy 2006 yil sentabr oyida «Levante»ga qarshi bahsda (4:1) erishgan edi.

Joriy mavsumda 21 yoshli Gonsalo Garsiya Torres «Real» safida 18 ta uchrashuvda (418 daqiqa) maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting